COVID-19ning ikkinchi to‘lqini qachon ro‘y beradi - shifokor izohi

Kasallik kuzda avj oladimi yoki ertaroqmi, ko‘proq ob-havo sharoitlariga, yozning salqin yoki issiq bo‘lishiga va biz odatdagi turmush tarzimizga qanchalik tez qaytishimizga, cheklovlar qanchalik erta olib tashlanishiga bog‘liq bo‘ladi", - deya tushuntiradi shifokor
Sputnik

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Rossiyada koronavirusning ikkinchi to‘lqini kelishi muddati yozning qanday bo‘lishiga bog‘liq va shu bilan birga, har qanaqasiga ikkinchi to‘lqinning intensivligi pastroq bo‘ladi, dedi prezident devoni Markaziy klinik shifoxonasining yuqumli kasalliklar bo‘limi boshlig‘i Yekaterina Trifonova.

COVID-19 pandemiyasi G‘arbning asl yuzini ko‘rsatib qo‘ydi - Lavrov

Mutaxassisning ta’kidlashicha, virusning yangiligi va immunitetga ega aholining ulushi juda pastligi sababli, ikkinchi to‘lqinning deyarli oldini olib bo‘lmaydi.

"Kasallik kuzda avj oladimi yoki ertaroqmi, ko‘proq ob-havo sharoitlariga, yozning salqin yoki issiq bo‘lishiga, biz odatdagi turmush tarzimizga qanchalik tez qaytishimizga va cheklovlar qanchalik erta olib tashlanishiga bog‘liq bo‘ladi", – deya tushuntiradi Trifonova.

Shu bilan birga, shifokor ba’zi rossiyaliklar allaqachon COVID-19dan davonib chiqqanligiga asoslanib, ikkinchi to‘lqinning intensivligi pastroq bo‘lishini ta’kidladi. Avvalroq, prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov koronavirus infeksiyasining yangi avji ehtimoli haqida gapirayotib, u mutaxassislar tomonidan hisoblanayotganligini ta’kidladi. Shu bilan birga, Peskov, Rossiya sog‘liqni saqlash tizimi har qanday qiyinchiliklarga javob berishga tayyorligini ta’kidladi, koronavirusga qarshi kurash uchun zamin yaratildi.

Dunyoda yana bir COVID-19 tarqalishi xavfi mavjud - Pentagon

COVID-19 pandemiyasi deyarli butun dunyoni qamrab oldi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 6,2 milliondan ortiq odam kasallikka chalingan, 379 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Rossiyada koronavirus 432 277 odamda aniqlangan, ulardan 195 957 nafari davolandi.

Avvalroq Vladimir Putin, mutaxassislar Rossiyada koronavirus tarqalishi cho‘qqisi o‘tib bo‘lgan, degan fikrda ekanliklarini aytgan edi. Mamlakat asta-sekin cheklovlarni bekor qilina boshladi, ammo ba’zi regionlarda, shu jumladan Moskvada, o‘z-o‘zini yakkalash rejimi uzaytirildi. Shahar meri Sergey Sobanin SARS-CoV-2ga qarshi vaksina paydo bo‘lgunga qadar, shaharda ba’zi cheklov choralari davom etishi mumkinligini istisno qilmadi.

O‘zbekistonda kasallanganlar soni 3843 kishini tashkil etdi. Ulardan 3014 nafari davolandi, 16 kishi vafot etdi.