BAAdan Toshkentga 271 fuqaro olib kelindi

UzAirways aviakomaniyasining charter reysi bilan Birlashgan arab amirligidan (BAA) 271 kishi O‘zbekistonga olib kelindi.
Sputnik

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. UzAirways aviakomaniyasining charter reysi bilan Birlashgan arab amirligidan (BAA) 271 kishi O‘zbekistonga olib kelindi, deb xabar qildi Transport vazirligi.

Xabarda aytilishicha, 3-iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:50 da Uzbekistan airways aviakompaniyasining Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

BAAdan Toshkentga 271 fuqaro olib kelindi

Xorijiy davlatlarda og‘ir ahvolda qolgan fuqarolarni Vatanga olib kelish bo‘yicha tasdiqlangan charter reyslar jadvaliga muvofiq BAAga amalga oshirilgan reys bilan 271 nafar kishi  O‘zbekistonga olib kelindi.

O‘zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo‘lmagan muddatga karantin markaziga joylashtirildi.

“Dunyo” axborot agentligi 8-may kuni BAAdan 1,28 ming fuqaro O‘zbekistonga olib kelingani haqida xabar bergandi.

Dubaydagi O‘zbekiston bosh konsulxonasiga 2,7 ming fuqaro vatanga qaytarish masalasidan murojaat qilgan.