TOShKENT, 3-iyun - Sputnik. Rossiya Mehnat va ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi migratsiya siyosati tamoyillarini o‘zgartirish ustida ish olib bormoqda, dedi vazir Anton Kotakov. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
"Migratsion siyosat bo‘yicha vaziyat Rossiya Federatsiyasining barcha mintaqalarida juda farqlanadi. Bugungi kunda ayrim hududlarda mavjud vazifalarni amalga oshirish uchun migratsion oqimning keskin yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Migratsion siyosat hozirgi kunda hukumat kun tartibidagi masalalardan biridir". - dedi Kotakov, Federatsiya Kengashidagi hukumat soati davomida.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, hozirda RF IIB bilan birgalikda ushbu sohada bir nechta masalalar bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
"Biz migratsion siyosat doirasida tamoyillarni o‘zgartirish, muayan subyektda mehnat bozorini nazorat qilish kabi masalalarni muhokama qilmoqdamiz. Biz bunga yetarlicha e’tibor beramiz va yaqin kelajakda o‘z takliflarimizni shakllantiramiz", - dedi Kotakov.
Avvalroq Rossiyada pandemiya oqibatida yuzaga kelgan ishsizlik oqibatlarini yengish maqsadida migrantlar uchun ixtisoslashgan mehnat birjalari va ular uchun vaqtincha muqobil ish joylarini tashkil etilishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.