Oq uy AQShda irqchilik muammosi mavjudligini tan oldi

AQShda afroamerikalik Jorj Floyd o‘ldirilganidan keyin boshlangan tartibsizliklar bir necha kundan beri to‘xtamayapti. Bir qator shaharlarda komendantlik soati joriy etildi.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyun - Sputnik. AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchisi Kellienn Konuey afroamerikalik Jorj Floydning o‘limidan keyin ba’zi shaharlarda paydo bo‘lgan tartibsizliklar fonida AQShda tizimli irqchilik mavjudligi va barcha odamlarning tengligi yo‘qligini aytdi.

Yana ruslar. Amerika g‘alayonida Moskvani ayblashdan kimga foyda

"(AQShda - tahr.) institutsional irqchilik mavjudligi va bu mamlakatda hamma uchun tenglik yo‘qligi haqiqatdir. Menimcha, bunga hech qanday shubha yo‘q", - dedi Konuey. Uning so‘zlaridan Washington Examiner iqtibos keltiradi.

"Adliya vazirligi federal darajada tergovni boshlaganidan juda xursandman. Ko‘ramiz, bundan nima kelib chiqadi", -  dedi Konuey.

Shu bilan birga, u Floydga nisbatan sodir bo‘lgan voqeani qotillik deb atadi.

Avvalroq Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova AQShdagi mavjud vaziyatni sharhlar ekan, " XXI asr 2020-yil may oyining oxiri - iyun oyi boshidan boshlab", ular (AQSh-tahr.) "sayyoramizdagi har kimga inson huquqlari bo‘yicha izoh berish huquqidan mahrum bo‘lishlarini" aytdi.

"Bas, hozirgi paytdan ularda bunday huquq endi yo‘q. O‘ylaymanki, ular yaqinda Inson huquqlari kengashidan chiqib ketishgani bejiz emas, ehtimol, ular buni oldindan bilishgan", - deydi Zaxarova.

Zaxarova AQShdagi tartibsizliklar ortida Rossiya turishi haqidagi ayblovga javob qaytardi

Afroamerikalik Jorj Floyd politsiya qo‘lidan halok bo‘lganidan keyin Minneapolis va boshqa bir qator shaharlarda ommaviy tartibsizliklar boshlandi. Internetda politsiyachilar Floydni kishanlab uni yiqitgani, ulardan biri esa uning bo‘ynini tizzasi bilan bosib olgani tasvirlangan videolar paydo bo‘ldi. Yozuvda qo‘lga olingan avval bir necha marotaba nafas ololmayotganini aytadi, keyin hushidan ketadi. Erkak jarrohlik bo‘limida vafot etdi. Tartibsizliklar boshlanganidan keyin to‘rt nafar politsiyachi ishdan bo‘shatildi, ulardan biri ehtiyotsizlik bilan odam o‘ldirishda ayblandi.