FVV: chigirtkaga qarshi kurashish uchun 700 nafardan ortiq ishchi jalb qilingan

O‘zbekistonda chigirtkaga qarshi kurashish uchun 500 dan ortiq maxsus texnikalar va 700 nafardan ortiq ishchilar jalb qilingan. 597,9 ming gektarda kimoviy ishlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan zararli chigirtkalarni kirib kelishini oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha qator tadbirlar tashkil etilmoqda.

Vazirlik xabariga ko‘ra, joriy yilda zararli chigirtkalarni respublika hududiga kirib kelishini oldini olish uchun joylarda 597,9 ming gektarda kimoviy ishlov o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha zararli chigirtkalarni 327,4 ming gektar maydonda tarqalganligi aniqlanib, 309,6 ming gektar maydonda kimoviy ishlovlar o‘tkazildi.

FVV: chigirtkaga qarshi kurashish uchun 700 nafardan ortiq ishchi jalb qilingan

Shuningdek, mahalliy budjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan bugungi kungacha zararli chigirtkalarga qarshi 397 ming gektar maydonda ishlovlarni o‘tkazishni ta’minlaydigan kimoviy vositalar zaxirasi yaratilgan.

FVV: chigirtkaga qarshi kurashish uchun 700 nafardan ortiq ishchi jalb qilingan
“Ushbu tadbirlarga 500 dan ortiq maxsus texnikalar va 700 nafardan ortiq ishchilar jalb qilingan”, - deyilgan xabarda.

Vazirlik ushbu ishlar Qozog‘iston, Turkmaniston hamda Qirg‘iziston davlatlari bilan hamkorlikda olib borilayotganini qo‘shimcha qilgan.