Berdimuhamedov Ashxobodda Velosiped monumentini ochdi

Ochilish marosimidan keyin Turkmaniston prezidenti ishtirokchilar bilan birga 12 kilometrlik velopoygada qatnashgan.
Sputnik

TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Ashxoboddagi Velosiped monumentini ochib berdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, 2021-yilda Ashxobod Olimpiya shaharchasida velosiped sporti bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Ochilish marosimidan keyin prezident ishtirokchilar bilan birga 12 kilometrlik velopoygada qatnashgan.

Berdimuhamedov Ashxobodda Velosiped monumentini ochdi

Gurbanguli Berdimuhamedov o‘z nutqida ekologik va qiziqarli sport turi bo‘lgan velosiped sporti davlat aholisining salomatligini mustahkamlashda muhim rol o‘ynashini, shunga ko‘ra mamlakatda velosport bilan shug‘ullanuvchi odamlar soni ortib borayotganini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, 3-iyun – Butunjahon velosiped kuni. U butun dunyo bo‘ylab katta bayram sifatida nishonlab kelinadi.