Qoraqalpog‘istonda 2000 dan ziyod yo‘rg‘a tuvaloqlar yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi

Tabiat qo‘yniga 2040 bosh qush uchirma qilingan. Ular “International fund for houbara conservation” markazida ko‘paytirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Qoraqalpog‘istonda 28-may-1 iyun kunlari oralig‘ida Qizil kitobga kiritilgan yo‘rg‘a tuvaloqlar yovvoyi tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar qildi.

Tabiat qo‘yniga 2040 bosh qush uchirma qilingan. Ular Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli bo‘lgan “International fund for houbara conservation” markazida ko‘paytirilgan.

Qoraqalpog‘istonda 2000 dan ziyod yo‘rg‘a tuvaloqlar yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi

Eslatib o‘tamiz, yo‘rg‘a tuvaloqlar 2009-yilda O‘zbekiston Qizil kitobiga noyob tur sifatida kiritilgan.

Ular Qizilqum cho‘llarida yashaydi. Ularning soni va yashash maydoni 1960-yillardan boshlab qisqarishni boshlagan.