Qoraqalpog‘istonda "propan-metan zapravka"da yong‘in sodir bo‘ldi

Budni uzbekskix pojarnikov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi - FVV matbuot xizmati.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar qildi FVV matbuot xizmati.

Massive Fire at Sharjah 50 storey building. Abbco Tower. Sharjah Dubai.
BAAdagi 49 qavatli osmono‘par binoda yong‘in chiqdi – olov butun binoni qamrab oldi

Joriy yilning 2-iyun kuni taxminan soat 11:37da Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumani, Beruniy ko‘chasida joylashgan “Ikrom Aziz” MChJga qarashli universal (propan-metan-solyarka) yoqilg‘i quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in natijasida yer ustida joylashgan 25 tonnalik 2 ta sig‘im va 2 ta “ZIL-130” yoqilg‘i tashish avtomashinalari yongan. Bundan tashqari, ushbu sig‘imlar yonida 10 tonnalik 3 ta bo‘sh, taxminan 30-50 tonnalik 2 ta sig‘im joylashgan. 

Voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta yong‘in-qutqaruv guruhi yetib bordi.  

Hozircha kelib chiqqan yong‘inning sababi yoqilg‘ini quyishda yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik deb taxmin qilinmoqda. Jabrlangan va halok bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risida xabar kelib tushmadi.