Masnikov: osiyolik va kavkazliklar Moskvadagi eng og‘ir ahvoldagi bemorlar

Rossiyalik shifokor koronavirusning jins, yosh va irq jihatdan afzal ko‘rgan narsalari borligini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Rossiyalik shifokor Aleksandr Masnikov jurnalistlar bilan onlayn uchrashuvda koronavirusning jins, yosh va irq jihatdan afzal ko‘rgan narsalari borligini ma’lum qildi.

Ma’lumki, ushbu virusni ayollarga qaraganda ko‘proq erkaklar yuqtirib olishgan. Kasallik bolalarda boshqalarga osonroq kechadi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusdan vafot etganlarning 80 foizdan ortig‘ini afro-amerikaliklar tashkil etadi.

Koronavirus tarqalishini to‘xtatishning yangi usuli aytildi

Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, Moskvadagi aksariyat og‘ir ahvoldagi bemorlar – bu kavkazlik va osiyoliklar. Bu fakt ko‘proq virus formulasiga moyil bo‘lgan muayan qon oqsili mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Ammo olimlar nima sababdan virus ayrim mamlakatlarda boshqalarga nisbatan tajovuzkorroq ekani haqidagi savolga hozircha javob topishmagan.

Masnikovning ta’kidlashicha, virusni yuqtirib olmaslik uchun 1,5 metrdan kam bo‘lmagan masofaga rioya qilish shart. Zero bu himoyalanishning eng asosiy chorasi hisoblanadi.

Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, boshqa choralar unchalik samarali emas. Agar siz bemor kishi bilan juda yaqin masofada yaqin bo‘lsangiz, sizni na niqob, na qo‘lqop himoya qila oladi.