Koronavirus tarqalishini to‘xtatishning yangi usuli aytildi

Mikrobiolog misning zararsizlantiruvchi xususiyatlaridan koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun foydalanishni taklif qildi.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyun - Sputnik. Misning zararsizlantiruvchi xususiyatlaridan koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun foydalanish kerak. Bu haqda Sautgempton universiteti yetakchi mikrobiologi Uilyam Kivil Times nashriga bergan izohida ma’lum qildi.

Koronavirus turli buyumlar ustida necha soat hayot kechira oladi?

“Jamoat binolaridagi eshik, zinapoyalar tutqichlari, shuningdek, avtobuslar va poyezdlardagi tutqichlarda mis elementlar bo‘lishi kerak", - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Uning eslatishicha, mis ionlari virusning lipid membranasiga hujum qilib, keyin uni yo‘q qiladi, bu sirtda virus to‘rt soatdan keyin, metall va plastmassada esa uch kundan keyin o‘ladi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 6 milliondan ortiq koronavirus holati aniqlangan, 370 mingdan ortiq odam vafot etdi.