Dunyodagi eng keksa odam uzoq umr ko‘rish sirini ochdi

Komanescu 111 yoshda. U 1908-yil 8-noyabrda Ruminiya poytaxti yaqinidagi Provitsa-de-Jos munitsipalitetida tug‘ilgan.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyun - Sputnik. Buxarestda istiqomat qiluvchi Dumitru Komanesku 112 yoshli britaniyalik Bob Ueyton vafotidan keyin dunyodagi eng keksa odamga aylandi. Bu haqda Romania Insider portali Gerontologik tadqiqotlar guruhining ma’lumotlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Uzoq umr ko‘rgan yaponiyalik otaxon Ginness kitobiga kiritildi

Komanescu 111 yoshda. U 1908-yil 8-noyabrda Ruminiya poytaxti yaqinidagi Provitsa-de-Jos munitsipalitetida tug‘ilgan. Yoshligida u differensial geometriya maktabiga asos solgan Georgse Sitseyka qo‘li ostida matematika fakultetida tahsil olgan. Keyinchalik Dumitru Komanesku ilmdan voz kechib, qishloq xo‘jaligini o‘rganishga kirishdi. Keyinchalik u 70-yillik umrini ushbu soha ishlariga bag‘ishladi.

Dumitru Komaneskuning nashrga bildirishicha, u rafiqasi, o‘g‘illari va nabiralarining muhabbatini o‘zining uzoq umr ko‘rishining sababi deb hisoblaydi.

Undan oldingi rekordchi, britaniyalik Bob Ueyton saraton kasalligidan 112-yilu 60 kun yoshida vafot etdi. U 112 yoshli yaponiyalik Titetsu Vatanabening vafotidan uch oy o‘tgach dunyodagi eng keksa odam bo‘lgan edi.