TOShKENT, 2-iyun – Sputnik. “Ural avialiniyalari” bosh direktori Sergey Skuratov xorijga parvozlar qachon qayta tiklanishini xabar qildi. Bu haqida RIA Novosti RBK nashriga asosan xabar qilmoqda.
“Ehtimol avgust-sentabr oylarida xalqaro yo‘nalishlarda parvozlar ochiladi”, - dedi Skuratov RBK nashriga.
“Ural avialiniyalari” bosh direktori aytishiga qaraganda birinchi bosqichda MDH davlatlari hamda Gruziyaga parvozlar tiklanadi.
Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi e’lon qilinganidan so‘ng Rossiya 27-mart kuni xorijiy mamlakatlar bilan doimiy charter parvozlarni bekor qilgan edi. Istisno tariqasida xorijda qolgan fuqarolarni olib chiqish, yuk tashishb sanitar va gumanitar parvozlar, tranzit va bo‘sh samolyotlar parvoziga ruxsat berilgan edi.