AQShda politsiyachilar Sputnik produseriga qarata bir necha bor o‘q uzdi

Afroamerikalik Jordj Floyd politsiya qo‘lida halok bo‘lgach, AQShning Minneapolisida va boshqa ko‘plab yirik shaharlarida tartibsizliklar avj olgan edi
Sputnik

TOShKENT, 2-iyun - Sputnik. AQShda politsiyachilar Sputnik produseri Nikol Russelga qarata, u press-kartasini taqdim taqdim etganiga qaramay, bir necha bor rezina o‘qlarni uzdi, deb tezkor xabar berdi RIA Novosti.

Norozilik olovida: AQSh tartibsizliklarda Rossiyani ayblashga harakat qilmoqda

Nikol Oq uy atrofida bo‘layotgan norozilik namoyishlarini yoritayotgan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, afroamerikalik Jordj Floyd politsiya qo‘lida halok bo‘lgach, AQShning Minneapolisida va boshqa ko‘plab yirik shaharlarida tartibsizliklar avj olgan edi.

Internetda tarqalgan videoga ko‘ra, politsiyachilar Floyd qo‘liga kishan taqadilar va uchovlashib uning ustiga yotib olishadi, ulardan biri yigitning tomog‘iga tizzasini tiraydi. Floyd videoda bir necha bor nafas ololmayotganini aytadi va so‘ngra jimib qoladi. Afroamerikalik kasalxonada vafot etgan. Tartibsizliklar boshlangach, to‘rt nafar politsiyachi ishdan haydaladi, ulardan biri ehtiyotkorsizlik oqibatida sodir etilgan qotillikda ayblanadi. Minneapolis va qo‘shni Sent-Polda dam olish kunlarida komendant soati e’lon qilingan.