AQShdagi tartibsizliklar 25-may kuni Minneapolisda politsiya tomonidan qo‘lga olingan 46 yoshli afro-amerikalik Jorj Floyd vafot etganidan so‘ng boshlandi. Mamlakatning bir necha o‘nlab yirik shaharlarida ommaviy noroziliklar tufayli komendantlik soati e’lon qilingan.
Internetda politsiyachilar Floydni kishanlab, uni yiqitgani ulardan biri esa tomog‘ini tizzasi bilan bosib turgani tasvirlangan videolar paydo bo‘ldi.
Videoda Floyd bir necha bor nafas ololmayotganini aytadi, so‘ngra tinchlanib qoladi. U jonlantirish bo‘limida vafot etdi.
Tartibsizliklar boshlanganidan keyin to‘rt nafar politsiyachi ishdan bo‘shatildi, ulardan biri ehtiyotsizlik natijasida odam o‘ldirishda ayblanmoqda.
Shunga qaramasdan norozilik namoyishlari davom etmoqda. Namoyishchilar do‘konlarga o‘t qo‘yib, ayrimlari oldilarida chiqqan narsalarni sindirib tashlashmoqda.
Jorj Floyd o‘limini surishtirish ishlariga Federal tergov burosi ham jalb qilingan.