Norozilik olovida: AQSh tartibsizliklarda Rossiyani ayblashga harakat qilmoqda

Afroamerikalik Jorj Floydning vafoti munosabati bilan AQShda noroziliklar to‘lqini to‘xtamayapti. Bir necha kun davomida odamlar Minneapolis, Nyu-York, Vashington va boshqa shaharlarda namoyishlarga chiqmoqda.
Sputnik

Minneapolisda may oxirida Floyd politsiyachilar tomonidan qo‘lga olish chog‘ida qo‘pollik qilinganidan keyin vafot etdi. Holat butun mamlakat bo‘ylab katta norozilik aksiyalarini keltirib chiqardi.

Ko‘p joylarda tinch namoyishlar tezda katta tartibsizliklarga va politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi.

Namoyishlar vaqtida RIA Novosti muxbiri Mixail Turgiyev jarohat oldi. Bu holat yuzasidan Rossiya elchixonasi Davlat departamentiga nota yubordi.

Politsiyaga yordam berish uchun Milliy gvardiya yuborildi. Namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlar qo‘llanmoqda.  

Shu kunlarda Obamaning sobiq maslahatchisi Syuzan Rays Rossiyaga qarshi ayblovlar bilan chiqdi.

Bu safar Moskva nimada ayblanmoqda va bu voqealarga Trampning bunkeri qanday aloqasi borligini videomizda bilib olishingiz mumkin.