TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. 2020-yil 30-may kuni O‘zbekiston Respublikasining Qirg‘iziston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Xurshid Mirzaxidov Bishkek shahriga yetib keldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
U bunga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.