Buxorodagi mudhish YTHda ikki kishi qurbon bo‘ldi

Lacetti va MAN yuk mashinasi to‘qnashishi oqibatida 24 yoshli haydovchi va 48 yoshli yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Buxoroda Lacetti va MAN yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi va bu ikki kishini hayotdan olib ketdi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hodisa 31-may kuni “G‘uzor- Beyneu” yo‘nalishidagi A-380 yo‘lining Jondor tumani “Luqmon” Gazli cho‘l hududida sodir bo‘lgan. 24 yoshli Lacetti haydovchisi ushbu yo‘lning 301-kilometriga yetganida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishidan harakatlanib kelayotgan 46 yoshli D.Sh. boshqaruvida bo‘lgan MAN rusumli yuk avtomashinasini old qismiga borib urilgan.

Buxorodagi mudhish YTHda ikki kishi qurbon bo‘ldi

Oqibatda Lacetti haydovchisi Sh.X. va ushbu avtomashina old yo‘lovchi o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchi 48 yoshli T.Q. og‘ir tan jarohatlari olib, hodisa joyda vafot etgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.