O‘zbekistonda masofadan boshqariladigan artilleriya quroli sinovdan o‘tkazilmoqda

O‘zbekistondagi eng katta poligonda masofadan boshqariladigan artilleriya quroli sinovdan o‘tkazilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 31-may — Sputnik. “Kattaqo‘rg‘on” dala o‘quv maydonida takomillashtirilgan jangovar texnika va qurollar ustida sinovlar olib borilmoqda. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, izlanishlar natijasida BTR-80 texnikasiga 120 millimetrli “Nona” o‘ziyurar artilleriya texnikasi va quroli yangitdan modernizatsiya qilindi. Zanjirli artilleriya texnikasi shinali zirhli texnikaga almashtirildi.

Natijada tezlik soatiga 25 kilometrdan 80 kilometrga oshdi. Harakatlanish davomida nishonlarni yakson qilishi ko‘rsatkichi sezilarli darajada yuqorilagani kuzatildi. Hozirda Mudofaa vazirligi va harbiy okrug artilleriyachilari tomonidan texnika va qurolni jangovar imkoniyatlari o‘rganilmoqda.

O‘zbekistonda masofadan boshqariladigan artilleriya quroli sinovdan o‘tkazilmoqda

Shuningdek, “Bo‘ron” deya nom berilgan “GM-21 MK” rusumli KamAZ va “Ural” texnikasiga o‘rnatilgan 122 millimetrli “DM-21” markali o‘ziyurar artilleriya to‘p-raketasini masofadan boshqarish va otish ishlari sinovdan o‘tkazilmoqda.