Xitoy koronavirus Uxan bozoridan tarqalgan, degan versiyani rad etmoqda

Ta’kidlanishicha, tadqiqot davomida Xitoydagi savdo nuqtasida sotilgan hayvonlar namunalari o‘rganilgan. Ulardan COVID-19ga olingan test natijalari o‘z tasdig‘ini topmagan. Bu esa xaridorlarga infeksiya hayvonlardan o‘tmaganini bildiradi
Sputnik

TOShKENT, 30-may — Sputnik. Uxan shahrida joylashgan Xuanan dengiz mahsulotlari bozori 2019-nCoV koronavirusining birinchi manbai bo‘lmagan. Bu haqda Kasalliklar profilaktikasi va nazorati milliy markazidagi xitoy olimlari bayonot qildilar, deb yozadi "Daily Mail" nashri.

AQSh prezidenti koronavirus epidemiyasida Xitoyni aybladi

Ta’kidlanishicha, tadqiqot davomida Xitoydagi savdo nuqtasida sotilgan hayvonlar namunalari o‘rganilgan. Ulardan COVID-19ga olingan test natijalari o‘z tasdig‘ini topmagan. Bu esa xaridorlarga infeksiya hayvonlardan o‘tmaganini bildiradi.

"Ma’lum bo‘lyaptiki, bozor infeksiyalanish qurbonlaridan biri bo‘lgan", — deb aytgan markaz rahbari Gao Fu.

Shu bilan birga virus "o‘rtadagi hayvon orqali" odamlarga yuqishidan oldin ko‘rshapalaklarda vujudga kelgani tasdiqlandi. Infeksiyalanishning aniq joyi ma’lum emas.

Xitoy hukumati 2019-yilning 31-dekabrida BSSTni mamlakatning markaziy qismi (Xubey provinsiyasi)da noma’lum pnevmoniya avj olgani haqida xabardor etgan edi. Mutaxassislar kasallikning qo‘zg‘otuvchisi yangi turdagi koronavirus bo‘lganini aniqladilar, sal keyin kasallik COVID-19, deya rasmiy nom oldi. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni dunyoda yangi koronavirus pandemiyasini e’lon qildi.