Gubkin universiteti filialida kechki bo‘lim ochilishi mumkin

Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali 2020/2021 o‘quv yilida 345 nafar talabalarni qabul qilishi kutilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 30-may - Sputnik. Rossiya davlat neft va gaz universitetining filiali kechki bo‘lim ochishni ko‘zlamoqda. Bu haqdagi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori QHTBT portalida joylashtirilgan.

Rosgeologiya O‘zbekistonga yangi neft va gaz konlarini ochishda yordam beradi

I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining (MTU) Toshkent shahridagi filiali 2020/2021 o‘quv yilida 345 nafar talabalarni qabul qilishi kutilmoqda. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 85 nafar ko‘p. Biroq o‘ʻtgan yillardan farqli o‘laroq, umumiy kvota ta’limning ikkita shakli bo‘yicha taqsimlangan: kunduzgi va kunduzgi-sirtqi (kechki).

Shu tariqa, agar loyiha o‘zgartirishlarsiz tasdiqlansa, 225 nafar abituriyent kunduzgi, 120 nafari – sirtqiga kirishi mumkin. Ilgarigidek, kunduzgi bo‘lim uchun kvota Qashqadaryo viloyatidagi hududiy tayyorlov bo‘linmasi (HTB) bitiruvchilari uchun o‘rinlarni o‘z ichiga oladi. Ularga kelayotgan o‘quv yilida 25 ta o‘rin ajratiladi.