"O‘zbekiston" mehmonxonasining davlat ulushi sotildi

Singapur kompaniyasi 24 oy ichida 23,2 million dollar to‘lashi va 1,5 yil ichida 100 milliard so‘m investitsiya kiritishi kerak.
Sputnik

TOShKENT, 28-may - Sputnik. Toshkentdagi "O‘zbekiston" mehmonxonasidagi davlat ulushi ommaviy kim oshdi savdosida sotildi, deb xabar beradi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati.

Afsonaviy “O‘zbekiston” mehmonxonasi sotuvga qo‘yildi

"O‘zbekiston" mehmonxonasining 80,134 foiz  davlat ulushi ommaviy kim oshdi savdosi orqali sotildi", - deyiladi xabarda.

Davlat tender komissiyasi Singapurning Bashan Investment Group PTE LTD-ni tanlab oldi. Kompaniya 24 oy ichida 23,2 million dollar to‘lashi va 1,5 yil ichida 100 milliard so‘m investitsiya kiritishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekiston" mehmonxonasi oxirgi marta 2019-yil fevral oyida 33 million dollarga sotuvga qo‘yilgan edi. Bungacha u uch marotaba kim oshdi savdosiga qo‘yilgan edi.

"O‘zbekiston" mehmonxonasi 1974-yilda qurilgan. So‘nggi marta rekonstruksiya ishlari 2010-yilda amalga oshirilgan.

Ko‘p qavatli mehmonxona binosi ochiq kitob shakliga o‘hshaydi. Xalq orasida u "uzbechka" deb nomlanadi. Mehmonxona 243 ta xonadan iborat.