Shavkat Mirziyoyev va Ziroat Mirziyoyeva turmush qurganiga 37-yil bo‘ldi

Ota-onam turmush qurganlarining 37-yilligini nishonlamoqdalar, deb yozgan Shahnoza Mirziyoyeva o‘zining Instagramida.
Sputnik

TOShKENT, 28-may - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ziroat Mirziyoyeva turmush qurganiga 37-yil bo‘ldi. Bu haqda oilaning kenja qizi Shahnoza Mirziyoyeva Instagrammida ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Ziroat Mirziyoyeva turmush qurganiga 37-yil bo‘ldi

"Bugun, men uchun eng aziz bo‘lgan insonlar hayotida muhim sana. Ota-onam turmush qurganlarining 37-yilligini nishonlamoqdalar.

Siz – samimiy sevgi, sadoqat va o‘zaro hurmatning yorqin namunasisiz. Alloh inoyati bilan barchamizning oilalarimiz xuddi sizniki kabi mustahkam va baxtli bo‘lishini tilab qolaman”, - deb yozgan Shahnoza Mirziyoyeva.