Navoiyda 3 oylik o‘g‘lini kvartiraga almashtirayotgan ayol qo‘lga olindi

33 yoshli ayol otasi bilan birgalikda norasida o‘g‘lini narxi 250 million so‘m turadigan uch xonali kvartiraga almashtirmoqchi bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 28-may — Sputnik. Navoiyda 3 oylik bolasini uch xonali kvartiraga almashtirayotgan ayol qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat IIB xabar qildi.

33 yoshli Z.O ismli ayol 2020-yilda tug‘ilgan o‘g‘lini taxminiy narxi 250 million so‘m turadigan uch xonali kvartiraga almashtirayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

To‘rtko‘l tumanida 13 yoshli o‘g‘lini sotishga uringan ona qo‘lga tushdi

Aniqlik kiritilishicha, ayol ushbu jirkanch ishni otasi bilan hamkorlikda amalga oshirishga uringan.

Ayol va uning otasi 23-may kuni huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir paytida qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qoraqalpog‘istonda 13 yoshli o‘g‘lini sotishga uringan ona qo‘lga tushgani xabar qilingan edi.