Markaziy Osiyoda yozda anomal jazirama bo‘ladi - iqlimshunoslar bashorati

MDH davlatlari sinoptiklari taxminiga ko‘ra, kelayotgan yoz faslida Markaziy Osiyoda anomal issiq bo‘lishi kutilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 28-may — Sputnik. Markaziy Osiyoda yozda anomal issiq bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar qildi RIA Novosti mavsumiy prognozlar bo‘yicha MDH mamlakatlari iqlim bo‘yicha 18-forumi (NEACOF-18) materiallariga tayangan holda.

O‘zbekistondagi anomal issiqlik poyezdlar harakatiga ta’sir ko‘rsatadi

Yozgi mavsumda O‘zbekistonda va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarida o‘ta issiq havo bo‘lishi ehtimoli 40%ga yaqinni tashkil etadi.

Iqlimshunoslarning ta’kidlashicha anomal issiq boshqa mintaqalarda, shu jumladan Sibirda ham kuzatilishi kutilmoqda.

Ekspertlar so‘zlariga ko‘ra, prognozlar natijalari noaniqligi tufayli hozircha havo temperaturasi ko‘pyillik o‘rtacha miqdorlarga teng bo‘lishi kutilmoqda.