Qashqadaryodagi ko‘pqavatli uyga ilon kirib oldi

Qarshi shahridagi ko‘pqavatli uylardan biriga ilon kirib olgan. Qutqaruvchilar uyga kirib olgan ilonni tutishgan.
Sputnik

TOShKENT, 27-may — Sputnik. Qashqadaryo viloyati FVB qutqaruvchilari ko‘pqavatli uyga kirib olgan ilonni tutib olishdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Voqea Qarshi shahridagi 5 mikrorayonda kuzatilgan. A.X. ismli fuqaro viloyat FVB navbatchilik qismiga uyiga ilon kirib olganligi haqida ma’lum qilgan.

Qashqadaryodagi ko‘pqavatli uyga ilon kirib oldi

Qutqaruvchilar sanoqli daqiqalarda, zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va “chaqirilmagan mehmon”ni tutishgan. Shu tariqa xavf bartaraf etilgan.