Yakkasaroy tumanida ikkita Captiva to‘qnashib ketdi

Yo‘l-transport hodisasi natijasida 38 yoshli haydovchi A.M. boshqaruvidagi Captiva avtomobili ag‘darilib ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 27-may — Sputnik. Poytaxtning Yakkasaroy tumanida ikkita Captiva ishtirokida yo‘l-transport hodisa yuz berdi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, YTH 27-may kuni soat 12:45 larda tumandagi Nukus-Kichik Beshog‘och ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. 33 yoshli Captiva haydovchisi S.S. va Nukus ko‘chasidan Kichik Beshog‘och ko‘chasiga burilayotgan yana bir 38 yoshli Captiva haydovchisi A.M. o‘zaro to‘qnashib ketgan.

Natijada haydovchi A.M. boshqaruvidagi Captiva ag‘darilib ketgan. Tan jarohati olganlar yo‘q.

Yakkasaroy tumanida ikkita Captiva to‘qnashib ketdi

Mazkur YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.