Moskva MDH davlatlari yetakchilariga G‘alaba paradiga taklifnomalarni yangilaydi

Otkritie pamatnika knyazyu Vladimiru na Boroviskoy ploshadi
Hozirgi vaqtga qadar Qozog‘iston, Moldova va Abxaziya prezidentlari Vladimir Putinning Paradga taklifnomasini qabul qilganligi ma’lum
Sputnik

TOShKENT, 27-may - Sputnik. Moskvada 24-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan G‘alaba paradiga taklifnomalar MDH davlatlari yetakchilari uchun yangilanadi, deb xabar qildi jurnalistlarga RF prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

Generalnaya repetitsiya voyennogo parada v chest 71-y godovshini Pobedi v VOV
Rossiyada G‘alaba paradi 24-iyun kuni bo‘lib o‘tadi

"Hozircha MDH davlatlari rahbarlariga G‘alaba Paradiga taklifnomalar yangilanadi, degan kriteriy tarafdorimiz", - deb aytgan Peskov chet el yetakchilaridan kimlar 24-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan Paradga taklif etilgan, degan savolga javob berar ekan.

Ukraina MDHdan chiqdimi, degan savolga javoban Kreml vakili: "Agar bu siz uchun tushunarsiz bo‘lsa, bizga qanday tushunarli bo‘lishi mumkin?", - deya aytgan.

Hozirgi vaqtga qadar Qozog‘iston, Moldova va Abxaziya prezidentlari Vladimir Putinning Paradga taklifnomasini qabul qilganligi ma’lum.