AQSh Ukrainada o‘ta xavfli infeksiyalar saqlanadigan 8 ta laboratoriya qurdi

AQSh Ukrainada o‘ta xavfli infeksiyalar saqlanadigan sakkizta laboratoriya qurib, foydalanishga topshirdi.
Sputnik

TOShKENT, 27-may — Sputnik. AQSh Ukrainada  o‘ta xavfli infeksiyalar saqlanadigan 8 ta laboratoriya qurdi.

Saakashvilini Ukraina bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlash rad etildi - OAV

Ta’kidlanishicha, 2005- 2014-yillar davomida Lvov, Zakarpatiya, Ternopil, Vinnis, Xerson, Dnepropetrovsk va Xarkov viloyatlarida, shuningdek Qrimda sakkizta obyekt qurilib, takomillashtirildi.

Amerikaning “Bleck end Vitch Speshl Projekts Korp” kompaniyasi Pentagonning roziligi bilan qurilish bilan shug‘ullangan.

"Shartnoma tartibiga ko‘ra, biologik qurollar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin bo‘lgan texnologiyalar, patogenlar va bilimlarning tarqalishining oldini olish maqsadida  Epidemiologiya va Gigiyena ilmiy-tadqiqot institutida (Lvov), Ukraina vaboga qarshi ilmiy-tadqiqot institutida (Odessa) va Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasalariga yordam ko‘rsatishni nazarda tutgan", - deb ma’lum qilindi Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligida.

Hamkorlik 2016-yilda davom ettirildi. Tegishli hujjat Ukrainaning Yevropa integratsiyasi vazirligi va “Bleck end Vitch Speshl Projekts Korp” kompaniyasi tomonidan kelishilgan.

Uch yil ichida 1,28 million dollarni o‘zlashtirish rejalashtirildi.

Loyihaning asosiy maqsadi Ukraina laboratoriyalarini kasalliklarning yagona onlayn monitoring tizimiga ulash edi.

O‘tgan yili Rossiya Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev AQSh dunyo bo‘ylab 200 dan ortiq biologik laboratoriyalarni, shu jumladan Gruziya, Ukraina va boshqa davlatlarda foydalanishga topshirganini aytdi.

Qrimda Ukraina foydasiga josuslik qilishda gumonlanuvchi ikki kishi qo‘lga olindi

Rossiya tomoni Pentagonning Rossiya chegaralariga yaqin joyda bio-tibbiy laboratoriyalarini joylashtirishi xususan Tbilisi yaqinidagi R. Lugar nomli jamoat sog‘liqni saqlash ilmiy-tadqiqot markazi yuzasidan bir necha bor tashvish bildirgan. Gruziya sobiq davlat xavfsizligi vaziri Igor Giorgadzening so‘zlariga ko‘ra, u yerda odamlar ustidan tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin. Keyinchalik Rossiya Qurolli kuchlari radiatsion, kimoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i Igor Kirillov Lugar markazidagi amerikalik olimlar zaharli kimoviy preparatni mahalliy aholida sinab ko‘rishganini aytdi.

Moskvada “Amerika va Gruziya hukumati o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni o‘rganayotgan AQSh harbiy bo‘linmasi faoliyatining asl yo‘nalishini yashirishga harakat qilmoqda,” deb o‘ylashmoqda. Gruziya tomoni buni rad qilmoqda.