O‘zbekistonda so‘nggi 15-yil ichida mahbuslar soni ikki baravar kamaygan

Yaqin kunlarda O‘zbekistonda mahsbuslar soni ochiqlanadi. Bu haqida Vazirlar mahkamasining qarorida aytib o‘tilgan.
Sputnik

TOShKENT, 26-may — Sputnik. Inson huquqlari milliy markazi xabariga ko‘ra so‘nggi 15-yil ichida Respublikada qamoqxonalarda saqlanayotganfuqarolar soni 2-martaga kamaygan.

Ayni damda O‘zbekiston qamoqxonalari o‘rtacha 80 %ga to‘lgan, ayrim muassasalar 30 %ga to‘ldirilgan. 

Shuningdek, yaqin kunlarda O‘zbekistonda mahsbuslar soni ochiqlanadi. Bu haqida Vazirlar mahkamasining qarorida aytib o‘tilgan. 

"Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoni ijro etish sohasida maxfiylikdan chiqariladigan ma’lumotlar 1-ilovaga muvofiq tasdqlansin", - deyilgan qarorda. 

Ayni damda ushu ma’lumotlar maxfiy hisoblanadi. Ushbu borada O‘zbekiston dunyo tajribasini tatbiq etgan holda, mahbuslar sonini har 100 ming kishiga nisbatan hisoblaydi. 2018-yilda O‘zbekistonda har 100 ming aholi soniga 140 nafar mahbus to‘g‘ri kelgan edi. Bu 2017-yilga nisbatan 10%ga kam. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ramazon hayiti arafasida 258 nafar mahbusni avf etgan edi.