Haydovchilik guvohnomasini yangi namunasidagiga almashtirish muddati uzaytirildi

Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi guvohnomaga majburiy almashtirish muddati 2021-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi.
Sputnik

TOShKENT, 26-may — Sputnik. Hukumatning ayrim qarorlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi guvohnomaga majburiy almashtirish muddati 2021-yil 31-dekabrgacha uzaytirildi.

Ilgarigi muddati 2020-yil 31-dekabrgacha edi.

O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini almashtirish tartibi soddalashtirildi

Shuningdek, eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar 2022-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi (ilgari 2021-yil 1-yanvar edi).

Bundan tashqari, avtomototransport vositasini 12 oy mobaynida boshqarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar qatoriga transport vositasi egasining yaqin qarindoshlari uchun avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma va transport vositasi egasining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi ham qo‘shildi.