Sohibjamol Lola Astanova mashhur bloger bilan rolik tayyorladi

Xonandalar rolikni “Musiqiy bellashuv” deb nomlashdi, unda "Taxt o‘yinlari" seriali saundtrekini ijro etishdi.
Sputnik

TOShKENT, 26-may — Sputnik. O‘zbekistonlik pianinochi Lola Astanova mashhur amerikalik bloger Rudi Mankuso bilan video rolik tasvirga oldi.

Xonandalar rolikni “Musiqiy bellashuv” deb nomlashdi, unda "Taxt o‘yinlari" saundtrekini ijro etishdi.

Shuningdek, ular "Karib dengizi qaroqchilari" filmiga saundtrek ijro etishdi.

O‘tgan yili Lola Astanova "Taxt o‘yinlari" seriali bosh qo‘shig‘ini ijro etgan edi. Ushbu video 74 mingdan ortiq layk to‘pladi.

Rudi Mankuso – YouTubeda o‘zining komik videolari bilan mashhur bo‘lgan bloger va musiqachi. Unda YouTubeda 5 milliondan ortiq, Instagram’da 9 milliondan ziyod obunachilariga ega.