"O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi Xusnutdin Xasilov, Eron yo‘l va shahar qurilishi vazirining o‘rinbosari Said Rasuli, Turkmaniston temir yo‘llari agentligi rahbari Azat Atamurodov onlayn-uchrashuv o‘tkazib, uch mamlakat o‘rtasida karantin sharoitida temir yo‘l va avto yuk transporti qatnovlarini qayta tiklash masalasini muhokama qilishdi.
Aleksandr Knyazevning fikriga ko‘ra, avval uzilgan aloqalarni o‘ziga qulay va foydali tarzda qayta tiklaydigan davlatlar koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan vaziyatdan g‘olib bo‘lib chiqadi.
“Eron orqali Fors qo‘rfaziga chiqish O‘zbekiston uchun juda muhim. Ummon tomon yo‘lak o‘z faoliyati boshlagan, biroq asta-sekin rivojlangan. Hozir, pandemiya sharoitda rag‘batlantiruvchi sharoit yuzaga kelgan. Bu yo‘lak - arab mamlakatlariga va undan keyingi hududlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish yo‘lidir”, - dedi Knyazev.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, bu Eron uchun ham muhim: davlat sanksiyalar ta’siri ostida, har qanday tashqi iqtisodiy aloqalar faqat foydali bo‘ladi.
“Bu holatda Turkmaniston – tranzit davlat, buning uchun pul oladi. Oxir-oqibatda hech kimga yomon bo‘lmaydi”, - deb qo‘shimcha qildi mutaxassis.