O‘zbekistonda dollar va yevro kursi ko‘tarildi

Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. Dollar kursi bu hafta 9,74 so‘mga qimmatlashdi
Sputnik

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 26-maydan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 9,74 so‘mga qimmatlashib, 10 139,3 so‘m tashkil qildi.

O‘zbekistonda dollar va yevro kursi ko‘tarildi

Yevro esa birdaniga 96,72 so‘mga ko‘tarildi va 11 051,84 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rublida ham ko‘tarilish kuzatilgan. Rubl 3,81 so‘mga qimmatlashib, 141,35 co‘mni tashkil qildi.