Pandemiya sharoitida migrantlar orasida jinoyatchilik ko‘paymadi

Moskva IIB statistik ma’lumotlariga ko‘ra, pandemiya vaqtida xorijiy fuqarolar ishtirokida sodir etilgan jinoyatlar soni ko‘paymadi, aksincha kamaymoqda.
Sputnik

TOShKENT, 25-may - Sputnik. Moskvada pandemiya paytida migrantlar orasida jinoiy vaziyat yomonlashgani yo‘q, dedi RIA Novosti-ga bergan intervyusida poytaxt hokimining iqtisodiy siyosat va mulk-yer munosabatlari bo‘yicha o‘rinbosari Vladimir Yefimov.

"Biz ShIIB bergan statistikani diqqat bilan kuzatmoqdamiz va chet el fuqarolari ishtirokidagi jinoyatlar soni kamayganini ko‘rapmiz", - dedi u.

Yefimovning so‘zlariga ko‘ra, hukumat shuningdek, RF qurilish kompaniyalari bilan barcha ishchilarni pandemiyada paytida zarur shart-sharoitlar bilan ta’minlashga kelishib oldi.

"Biz ushbu kelishuvning amalga oshirilishini diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Agar uy-joy kommunal hujaligini olsak, u martda ham, aprel oyida ham ishladi va hozir ham hech qanday cheklovlarsiz ishlashda davom etmoqda", - dedi hokim o‘rinbosari.

Rossiyada migrantlar orasida jinoyatlar soni kamaydi

Shuningdek, u bugungi kunda Moskvada migrantlar uchun amalda 430 mingga yaqin patent mavjudligini ta’kidladi.

Avvalroq, ularning muddati avtomatik ravishda 3 oyga uzaytirilgan edi, ammo hozirda Rossiya poytaxtida yangi patentlar hech kimga berilmayapti, ilgari berilgan patentlar uchun to‘lovlar esa vaqtincha to‘xtatildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari Aleksandr Grebenkin ham butun Rossiya bo‘yicha pandemiyada migrantlar orasida jinoyatchilik o‘sishi kuzatilmaganini ta’kidlagan edi.

Biroq, u migrantlarga jinoiy harakatlarga aralashib qolishiga va cheklov choralari tugagandan so‘ng tashrif buyuruvchilarga Rossiya hududida noqonuniy holatda qolib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini ta’kidladi.