MIB elektr tarmoqdan o‘g‘rincha foydalangan huquqbuzarlarni aniqladi

Majburiy ijro burosining Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan “Yog‘du” va “Navro‘z” mahallalarida o‘tkazgan monitoring davomida huquqbuzarlik holatlarini aniqladi.
Sputnik

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Majburiy ijro burosining Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan “Yog‘du” mahallasida o‘tkazgan monitoring davomida huquqbuzarlik holatini aniqladilar.

Shu mahallada istiqomat qiluvchi N.Shamsiddinovaning  yashash xonadonini to‘lov intizomiga amal qilish holati va energiya resurslaridan foydalanish ko‘rilganda antiqa holatga duch kelindi.

MIB elektr tarmoqdan o‘g‘rincha foydalangan huquqbuzarlarni aniqladi

Fuqaro elektr hisoblagichdan tashqari ko‘z ilg‘amas ravishda yashirin tarmoq tortib foydalanib kelgan. Hozirda ushbu yashirin tarmoq orqali ta’minotchi korxona manfaatiga yetkazilgan zarar aniqlanmoqda.

“Tumanning “Navro‘z” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Ataboyev ham uddaburon iste’molchilardan biri ekanligi ma’lum bo‘ldi.

MIB elektr tarmoqdan o‘g‘rincha foydalangan huquqbuzarlarni aniqladi

U ham tarmoqdan foydalanishni o‘g‘rincha usulidan foydalanib kelgani aniqlandi. Go‘yoki hech kim bilmaydi deb hisoblagichdan tashqari yashirin ravishda foydalanib kelgan. Mazkur holat bo‘yicha ham hozirda dastlabki surishtiruv va yetkazilgan zarar hisob-kitob qilinmoqda”, - deyilgan xabarda.

MIB organlari tomonidan karantin davrida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borgan tezkor tadbirlari davrida 35,224 ming so‘mdan ortiq zarar yetkazish bilan 1336 ta holat aniqlangan (424 tasi tabiiy gaz va 912 tasi elektr energiya tarmoqlaridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha).