Tojikiston MXDQ Qirg‘iziston bilan chegaradagi otishma sababini aytdi

Qayd etilishicha, chegaradagi otishma natijasida 19 yoshli tojikistonlik harbiy xizmatchi oyog‘idan yarador bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 24-may — Sputnik. Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Qirg‘iziston bilan chegarada yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan bayonot berdi.

Mamlakat MXDQ Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qirg‘iz tomoni Tojikiston bilan chegarada ilgari imzolangan bitimlarni buzgan. Yakshanba kuni Chichilik qishlog‘idan bo‘lgan qirg‘iz cho‘ponlari chegarani kesib o‘tib, Sug‘d viloyati hududiga o‘tgan.

Chegaraoldi rejimi buzilishi Puli Oftobro‘ya qishlog‘i aholisining noroziligiga sabab bo‘lgan va ulardan Tojikiston hududini tark etishlarini so‘rashgan.

Tojik-qirg‘iz chegarasida otishma ro‘y berdi

“Qirg‘iz tomoni chegaraning bahsli hududlari chizig‘ini belgilaydigan ikki tomonlama bitimga rioya qilmasdan hodisa joyiga chegarachilarning qo‘shimcha kuchini jo‘natgan va ular Puli Oftobro‘yaning qurolsiz odamlariga qarata o‘t ochgan”, - deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, otishma natijasida 19 yoshli tojikistonlik harbiy xizmatchi oyog‘idan yarador bo‘lgan.

Tojik tomoni qirg‘iz chegarachilarining ushbu provakatsion xatti-harakatlarini davlat chegarasidagi vaziyatni sun’iy beqarorlashtirishga urinish deb baholagan.

Hozirgi vaqtda Qirg‘iziston va Tojikistonning tegishli organ vakillari vaziyatni normallashtirish uchun aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib bormoqda

Avvalroq Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida navbatdagi qisqa otishma sodir bo‘lgani xabar qilingan edi. Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati xabariga ko‘ra, qirg‘iz chegarachilari Batkent viloyati hududida Tojikistonning Vorux qishlog‘i aholisining mol boqishga bo‘lgan urinishini oldini olishgan. Shuningdek, tojik tomonidan noma’lum shaxslar qirg‘izistonlik chegarachilarga qarata o‘t ochgani aytilgan edi.