Adiblar xiyobonida mushoira uchun “to‘plangan” shoiru yozuvchilar

Sputnik

Adiblar xiyobonini g‘oyaviy-badiiy jihatdan yanada boyitish maqsadida Bobur, Ogahiy, Berdaq, Muqimiy, Furqat, Behbudiy, Avloniy, Cho‘lpon, Qodiriy, To‘lepbergen Qayipbergenov, Ibroyim Yusupov, Aleksandr Faynberg singari atoqli namoyandalar xotirasiga bag‘ishlangan yangi yodgorlik majmualari ham yaratildi.

Hazrat Navoiyning muhtasham haykali atrofida 20 dan ziyod atoqli shoir va adiblarning haykallari yaxlit me’moriy va badiiy kompozitsiyada, mantiqiy yechim asosida joylashtirildi. Shu yerda Yozuvchilar uyushmasi uchun bino barpo etilgani ham hamohanglik kasb etdi.

Shavkat Mirziyoyev adiblar xiyobonini adabiyot, ma’rifat va madaniyat maskaniga aylantirish, har bir adib haykalini muayan oliy o‘quv yurtiga biriktirib, bu yerda ochiq darslar, ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar bergan. Xiyobon bilangina cheklanib qolmasdan, adiblar ijodini chuqur o‘rganish, ularning ibratli umr yo‘llari haqida kitoblar va filmlar yaratish, yangi asarlar yozish muhimligini ta’kidlagan.

1 / 13
Alisher Navoiy
2 / 13
Adiblar xiyoboni
3 / 13
Muhammad Yusuf
4 / 13
Abdulla Qodiriy
5 / 13
Aleksandr Faynberg
6 / 13
Berdaq
7 / 13
Bobur
8 / 13
Muqimiy
9 / 13
Ozod Sharafiddinov
10 / 13
Ogahiy va Furqat
11 / 13
Said Axmad va Saida Zunnunova
12 / 13
Oybek
13 / 13
Alisher Navoiy haykaliga eltuvchi yo‘l