O‘zbekistonga Erondan iliq havo oqimi kirib keladi

Dam olish kunlarida respublikaning shimoli va cho‘l zonalarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 gacha kuchayadi.
Sputnik

TOShKENT, 23-may - Sputnik. Dam olish kunlarida O‘zbekiston shimoliy va janubiy hududlariga Erondan  quruq va iliq havo oqimi kirib keladi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet xizmati.

Respublika bo‘yicha havoning ochiq bo‘lishi kutilmoqda. Termometr ustunchasi kunduz kuni 28-31 darajagacha ko‘tariladi. Respublikaning shimoliy, cho‘l zonalari va janubida harorat bundan ham issiq, ya’ni 33-35 darajani tashkil etadi.

23-24 may kunlari O‘rta Osiyo hududi ustidagi janubiy oqimlar kuchayib, havo haroratining ko‘tarilishi davom etadi. Kechasi harorati 15-18 daraja, kunduzi 35-37 darajagacha, shimoliy, janubiy va cho‘l zonalarida esa 38-40 darajagacha ko‘tariladi. Bunday harorat o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 4-6 darajaga yuqori bo‘lib, eng issiq yillarda shu kunda kuzatilgan haroratga yaqin bo‘ladi.

Respublikaning shimoli va cho‘l zonalarida shamolning tezligi sekundiga 17-22 gacha kuchayadi.