Tojikistonda COVID-19ga qarshi kurashgan shifokorlar uyga qaytdi

Tojikistonda bo‘lib qaytgan 8 nafar tibbiyot xodimi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Sputnik

TOShKENT, 22-may - Sputnik. COVID-19ga qarshi kurashda Tojkistonlik hamkasabalariga yordam bergan shifokorlar Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi, deb xabar qilmoqda SSV matbuot xizmati. 

Bir necha kun oldin koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish, kasallikka chalingan bemorlarni samarali davolashda katta tajriba va malakaga ega shifokorlar Tojikistonga yo‘l olgan edi. 

O‘zbekistonlik shifokorlar guruhida anesteziolog-reanimatolog, pulmonolog, epidemiolog, infeksionist, virusolog kabi mutaxassislar bo‘lib ular 14 kun davomida Tojikistonda shifokorlar kasallikka chalingan bemorlarni samarali davolash, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, gigiyena qoidalariga rioya qilish va shifoxonalarda zararsizlantirish tadbirlarini amalga oshirish tartib-qoidalari bo‘yicha anjuman va master-klass mashg‘ulotlari o‘tkazishdi. 

Xususan, Tojikistonda ham O‘zbekiston tajribasidan kelib chiqqan holda, aholi tomonidan koronavirus infeksiyasi bo‘yicha tushgan murojaatlarni zudlik bilan ko‘rib chiqish va hal etish uchun Sall-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi, og‘ir bemorlarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida yetuk mutaxassislardan iborat markaziy guruh tashkil etildi. Shuningdek,  Mobil kompaniyalar orqali aholini koronavirus kasalligidan himoya qilish maqsadida tizimli ravishda SMS targ‘ibot ishlari boshlab yuborildi.

Tojikistonda COVID-19ga qarshi kurashgan shifokorlar uyga qaytdi

Ana shunday sharafli vazifani munosib tarzda bajarib qaytishgan tibbiyot xodimlarini Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari tomonidan tantanali kutib olindi. 

Tojikistonda bo‘lib qaytgan tibbiy guruh tarkibidagi barcha, ya’ni 8 nafar tibbiyot xodimi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Tojikistonda COVID-19ga qarshi kurashgan shifokorlar uyga qaytdi