Yana bir guruh o‘zbek shifokorlari Tojikistonga keldi

To‘rt kishidan iborat shifokorlar guruhi Tojikistonning Sug‘d viloyatiga tojik hamkasblariga COVID-19ni yengish uchun yordamga kelishdi.
Sputnik

TOShKENT, 21-may — Sputnik. O‘zbek shifokorlari Tojikistonning Sug‘d viloyatiga tojik hamkasblariga COVID-19ni yengish uchun yordamga kelishdi. Bu haqda Sputnik Tojikiston nashri viloyat ma’muriyati matbuot xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.

UzAuto Motors Tojikistonga tez yordam avtomobillarini yubordi

To‘rt kishilik shifokorlar guruhi epidemiolog, virusolog va ikki nafar anesteziologlardan iborat. Guruhga Ne’matjon Ibragimov boshchilik qilgan.

Sug‘d viloyati raisi Rajabboy Ahmadzoda bilan uchrashuvda ular tojik hamkasblari bilan ikki kun viloyat kasalxonasida ishlashgani va tajriba almashishganini ma’lum qilishdi.

“Bemorlarni davolash professional tarzda olib borilmoqda. Agar tajribali shifokorlar bundan keyin ham shunday ishlashda davom etsa, yaqin kunlarda ular COVID-19 ustidan to‘liq g‘alaba qozonishadi”, - deya ta’kidlagan Ibragimov.

Eslatib o‘tamiz, may oyi boshida ham bir guruh o‘zbekistonlik yuqori malakali va tajribali shifokorlar Tojikistonga koronavirusga chalingan bemorlarni davolash uchun ordamga jo‘nab ketgan edi.