UzAuto Motors qisqa muddatli aksiya e’lon qildi

UzAuto Motors avtomobilning 40 % narxini boshida to‘lab qolgan qismini 3-yilgacha bo‘lgan muddat ichida oyma-oy to‘lab borish sharti bilan xarid qilishni taklif qildi.
Sputnik

TOShKENT, 21-may - Sputnik. UzAuto Motors muddatli to‘lov evaziga avtomobil sotib olish uchun aksiya e’lon qildi.   

"Avtomobil qiymatining 40%dan 70%gacha boshida to‘lab qolgan qismini 12-36 oy ichida oyma-oy to‘lab borish evaziga xarid qilish mumkin. Aksiya amal qilish muddati 2020-yil 1-iyungacha", - deyilgan xabarda.  

Aksiya doirasida quyidagi avtomobillarni xarid qilish mumkin: 

  • Spark MT/AT —  2,0 mln so‘mdan (12/18 oy)
  • Nexia AT — 2,6 mln so‘mdan (12/18 oy)
  • Tracker MT/AT — 3,8 mln so‘mdan (18/30/36 oy)
  • Malibu 1,5 Turbo — 5,6 mln so‘mdan (18/30/36 oy)
  • Trailblaizer — 4,9 mln. so‘mdan (24/36 oy)

Xabarda shuningdek, oyma-oy to‘lanadigan mablag‘ miqdori boshlang‘ich to‘lov hajmi hamda muddatli to‘lov davriga qarab o‘zgarib borishi va ushbu aksiya ham jismoniy ham yuridik shaxslar uchun amal qilishi aytib o‘tilgan.