Turkmanistonda 61 nafar o‘zbekistonlik afv etildi

Turkmanistondagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 61 nafar O‘zbekiston fuqarolari afv etilib, mamlakatga qaytarildi.
Sputnik

TOShKENT, 21-may — Sputnik. Turkmanistondagi jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 61 nafar O‘zbekiston fuqarolari afv etish to‘g‘risida farmonga asosan ozodlikka chiqarilib, mamlakatga qaytarildi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Turkmaniston prezidenti afv etganlarning 59 nafari erkak va 2 nafari ayollardir.

Turkmanistonda 61 nafar o‘zbekistonlik afv etildi

Ular karantin tartib-qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda Buxoro viloyati Olot tumanidagi Bojxona chegara posti orqali O‘zbekiston hududiga kiritildi. So‘ngra Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan 14 kunlik maxsus karantin saqlash joyiga joylashtirildi.

Ular orasidan O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan 5 nafar shaxslarning 3 nafari Xorazm viloyati va 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi fuqarolar. 2 nafar shaxslar maxsus konvoy avtomashinasi orqali yashash joyi - Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘natildi.