Sergey Shoygu "Vatan oldidagi xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlandi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vaziri Sergey Shoyguni "Vatan oldidagi xizmatlari uchun" I darajali (qilichlar bilan) ordeni bilan taqdirladi.
Sputnik

TOShKENT, 21-may — Sputnik.  Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vaziri Sergey Shoyguni "Vatan oldidagi xizmatlari uchun" I darajali (qilichlar bilan) ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida farmonga imzo chekdi, deb xabar qildi RIA Novosti davlat rahbarining rasmiy saytiga asosan.

"Rossiya Federatsiyasi prezidenti Putin Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vaziri Shoyguni 65 yoshga to‘lishi bilan tabrikladi va mudofaa idorasi rahbarini “Vatan oldidagi xizmatlari uchun" I darajali (qilichlar bilan) ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida" farmonni imzoladi", - deyiladi Kreml matbuot xizmati bayonotida.

Payshanba kuni Rossiya Mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu 65 yoshga to‘ldi.