“Sariq” va “yashil” hududlarda muzey, sayilgoh va galereyalar faoliyatiga ruxsat berildi

22 may kunidan boshlab “sariq” va “yashil” hududlarda muzey, sayilgoh va galereyalar faoliyatiga ruxsat berildi.
Sputnik

TOShKENT, 21-may — Sputnik. 22-maydan “sariq” va “yashil” hududlarda muzey, sayilgoh va galereyalar faoliyatiga ruxsat berildi. Bu haqda Respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.

Shu bilan birga, o‘yingoh va ovqatlanish shoxobchalari bundan mustasno.

Bunda, koronavirus infeksiyasi ikkinchi to‘lqinini oldini olish maqsadida ushbu maskanlarga kirish joylarida majburiy ravishda barcha tashrif buyuruvchilar tana xaroratlarini o‘lchagan holda kiritilishi (teplovizor yoki pirometr), shaxsiy himoya vositalarida bo‘lishlari (niqob), shuningdek, tashrif buyuruvchilar 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlashlari talab etiladi.

Bundan tashqari, ushbu maskanlarda tashrif buyuruvchilar uch kishidan ko‘p bo‘lib to‘planishlarini oldini olish bo‘yicha mazkur sayilgoh, ko‘ngil ochar maskan va muzeylar rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.