Mirziyoyev: kambag‘allikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy

Davlat rahbari Andijon shahrida barpo etilgan yigirmata 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uylarni borib ko‘rdi.
Sputnik

TOShKENT, 21-may — Sputnik. Shavkat Mirziyeyov Andijon shahridagi ikki yil oldingi topshirig‘iga asosan barpo etilgan 7 qavatli, ikkita 16 qavatli uylarni borib ko‘rdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Prezident xonadonlardan birida bo‘lib, oila bilan suhbatlashdi.

Mirziyoyev: kambag‘allikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy

Uylar jahon standartlari asosida yaxlit temirbetondan zilzilaga bardoshli qilib qurilgan. Binoning tashqi devorlari energotejamkor bazalt materiali bilan qoplangan. Internet tarmog‘i, videokuzatuv uskunalari o‘rnatilgan. Jihozlash ishlari mart oyida yakunlanib, aholiga tayyor holda topshirildi.

Mirziyoyev: kambag‘allikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy

Mazkur uylar hovlisida dam olish va sport maydonchalari, bolalar o‘yingohlari, avtoturargoh barpo etilgan.

Mirziyoyev: kambag‘allikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy

Aholini turar joylar bilan ta’minlashni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

«Kambag‘allikdan chiqishning eng asosiy zamini – uy-joy. Odamlarning boshpanasi bo‘lsa, o‘zi harakat qilib, ro‘zg‘orini oyoqqa qo‘yib oladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tumanlardagi aholi zich joylarga ham kommunikatsiya olib borib, barcha sharoitlarga ega ko‘p qavatli uylar qurish, zamonaviy qishloqlar bunyod etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.