Fermer dalaga reja uchun emas, daromad uchun kirishi kerak – Mirziyoyev

Prezident Oltinko‘l tumanidagi “Ko‘hna vodiy bahori” fermer xo‘jaligida bo‘lib, g‘alla va g‘o‘za rivojini ko‘zdan kechirdi.
Sputnik

TOShKENT, 21-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Davlat rahbari dastlab Oltinko‘l tumanidagi “Ko‘hna vodiy bahori” fermer xo‘jaligida bo‘lib, g‘alla va g‘o‘za rivojini ko‘zdan kechirdi.

Fermer dalaga reja uchun emas, daromad uchun kirishi kerak – Mirziyoyev

Prezident g‘o‘za qator oralariga soya ekish bo‘yicha Andijon tajribasini yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

“Fermer dalaga reja uchun emas, daromad uchun kirishi kerak. Soya ekilsa, bitta maydondan ikki barobardan ziyod daromad olish, yana ko‘proq odamlarni ish bilan ta’minlash mumkin. Undan olinadigan moy ham, omixta yem ham juda sifatli, bozorbop. To‘g‘ri, bu qiyin. Lekin qaysi ish oson?” - deya savol qo‘ydi Shavkat Mirziyoyev.

Fermer dalaga reja uchun emas, daromad uchun kirishi kerak – Mirziyoyev

Agrotexnologiyalarni rivojlantirish maqsadida Toshkent davlat agrar universitetining Andijon viloyati filiali negizida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida alohida oliy ta’lim muassasasi tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

Fermer xo‘jaligida 60 kishi doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlangan. Chorvachilik, asalarichilik yo‘lga qo‘yilgan.

Shu yerda paxtachilik, g‘allachilik va meva-sabzavotchilik klasterlari hamda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Prezident qayta jihozlangan avtobusda tashkil etilgan sayyor laboratoriya bilan ham tanishdi.

Fermer dalaga reja uchun emas, daromad uchun kirishi kerak – Mirziyoyev