Tojikiston O‘zbekistonga Sardoba falokati sabab insonparvarlik yordami yubordi

Tojikiston hukumati Sirdaryo viloyatida yuzaga kelgan suv toshqinidan zarar ko‘rganlarga 51 ta vagondan iborat insonparvarlik yordami jo‘natdi.
Sputnik

TOShKENT, 20-may — Sputnik. Tojikiston hukumati Sardoba suv ombori to‘g‘onining bir qismi o‘pirilishi natijasida zarar ko‘rganlarga insonparvarlik yordami yubordi.

Tojikiston O‘zbekistonga Sardoba falokati sabab insonparvarlik yordami yubordi

Sug‘d viloyati raisi mutbuot kotibining Sputnik Tojikiston nashriga ma’lum qilishicha, 51 ta vagondan iborat insonparvarlik yordamini sement, shifer va boshqa zaruriy qurilish mahsulotlari tashkil qiladi.

Tojikiston O‘zbekistonga Sardoba falokati sabab insonparvarlik yordami yubordi

Ushbu yordam Sardoba suv ombori o‘pirilishi oqibatlarini bartaraf etish uchun yuborilayotgani ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, Sardoba suv ombori to‘g‘onining bir qismi o‘pirilib, yondosh tumanlardagi mahallalar va dalalarni suv bosgan edi. Natijada Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida 2 ming 570 ta uy-hovli, 76 ta ko‘p qavatli uy yaroqsiz holga kelgan edi. Shuningdek, 1 ming 781 hovli, 52 ta ko‘p qavatli turar joy qisman zararlangan. Hozirda toshqin oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan ishlar jadallik bilan olib borilmoqda. Jumladan, Prezident Sardobada quriladigan yangi uylar poydevoriga tamal toshi qo‘ydi.