Sobanin Moskvada koronavirusdan vafot etish holatlari ko‘payishi haqida ogohlantirdi

Moskvada 1700 nafar bemor uzoq vaqt davomida og‘ir ahvolda qolmoqda, may oyida ular orasida o‘limlar soni oshishi mumin, dedi Sergey Sobanin.
Sputnik

TOShKENT, 20-may - Sputnik. Moskvada COVID-19dan vafot etish holatlari may oyida aprelga qaraganda ko‘proq bo‘ladi. Bu haqida poytaxt meri Sergey Sobanin koronavirus bo‘yicha koordinatsion kengash majlisida xabar qildi.  

Mer aytishiga qaraganda ayni damda og‘ir va o‘ta og‘ir ahvoldagi kasallar soni 1700 kishini tashkil qiladi va bir necha haftadan buyon bu raqam kamayishi kuzatilayotgani yo‘q. 

"Bu kunlik ko‘rsatgich emas, bir necha haftalik o‘rtacha ko‘rsatgich va u kamaymayapti. Nega? Chunki shifokorlar har bir hayot uchun oxirgacha kurashmoqda. Og‘ir kasallar statsionar va jonlantirish bo‘limlarida bir 2-3 haftalab davolanishmoqda", - dedi Sobanin. 

Eslatib o‘tamiz, kornoavirusga qarshi kengashning bugun bo‘lib o‘tgan majlisida bosh vazir Mixail Mishustin Rossiya tibbiyot tizimi bosimning yuqor nuqtasidan o‘ta boshlaganini va shifoxonalar yuklamasi sekin asta kamayayotganini ma’lum qilgan edi.