Sirdaryoda toshqin vaqtida zarar yetgan ashyolar yoqib yuborilmoqda – FVV

Ta’kidlanishicha, bunday vositalar qayta foydalanish uchun yaroqsiz hisoblanib, sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi.
Sputnik

TOShKENT, 20-may — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida yuzaga kelgan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda.

Jumladan, oqim vaqtida zarar yetgan ashyolar, uy xo‘jaligi buyumlarini yig‘ish, ularni hududdan olib chiqish va yo‘qotish tadbirlari misol qilib keltirilgan.

Sirdaryoda toshqin vaqtida zarar yetgan ashyolar yoqib yuborilmoqda – FVV

“Chunki bunday vositalar qayta foydalanish uchun yaroqsiz hisoblanib, sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi”, - deyilgan xabarda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda sirdaryoliklarga yordam sifatida keltirilgan buyumlar va kiyim-kechaklar yoqib yuborilayotgani aytilgan suratlar tarqalgan edi.