Namangan viloyatidagi kanalda bir qizning jasadi topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatidagi kanalda ayol jinsiga mansub, deb gumon qilinayotgan shaxs oqib ketganligi tasvirlangan videoyozuv tarqalgan.
Sputnik

TOShKENT, 20-may — Sputnik. Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoyozuv yuzasidan bayonot berdi. Unda Namangan viloyati Chortoq tumanidagi kanalda ayol kishining jasadi oqib ketganligi aytilgan.

Bo‘rijarda jasadi topilgan ayol haqida yangi ma’lumotlar taqdim etildi

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Chortoq tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ayolning o‘limi sababini aniqlash bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Shuningdek, shaxsini aniqlash bo‘yicha barcha tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Xabarda tekshirish natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berilishi qo‘shimcha qilingan.